Apple Xitoydagi ishlab chiqarishdan bosqichma-bosqich voz kechishni davom ettirmoqda. Navbatdagi qadam — AirPods quloqchinlarini Hindistonga ko‘chirish bo‘ldi. Xaydarobod yaqinida yangi zavod qurilib, unda AirPods sinov tariqasida ishlab chiqarishi allaqachon boshlangan. 2025-yil boshida esa masshtabli ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda.
Xitoylik texnobloger Digital Chat Station, o‘zining ishonchli prognozlari bilan tanilgan, iPhone 17 dizayni haqida yangi ma’lumotlar bilan bo‘lishdi. U kelajakdagi flagman smartfonning taxminiy tashqi ko‘rinishini aks ettiruvchi renderlarni namoyish etdi.