Valve kompaniyasi o‘z an’anasini davom ettiradi: Steam'da uzoq kutilgan qishki chegirmalar boshlandi. Bu paytda siz mashhur o‘yinlarni katta chegirmalar bilan sotib olishingiz mumkin.
Eng yaxshi takliflar orasida:
FC25 — 27.99$ (-60%)
Assassin's Creed Mirage — 19.99$ (-60%)
S.T.A.L.K.E.R. 2: Heart of Chornobyl — 38.69$ (-10%)
Call of Duty: Black Ops 6 — 52.49$ (-25%)
Qishki chegirmalar 2025-yilning 2-yanvari soat 23:00 gacha davom etadi. O‘yin kutubxonangizni to‘ldirish uchun sizda ikki hafta vaqt bor.