Rogbid SR08 Ultra — ekranli birinchi aqlli uzuk - itzone.uz
gradient
Reklama uchun joy

Rogbid SR08 Ultra — ekranli birinchi aqlli uzuk

870
Rogbid SR08 Ultra — ekranli birinchi aqlli uzuk

Xitoyning Rogbid kompaniyasidan elektronika olamida ajoyib yangilik taqdim etdi — Rogbid SR08 Ultra aqlli uzugi. Bu qurilma birinchi bo‘lib uzukka o‘rnatilgan sensorli ekrani bilan ajralib turadi va uni qulay va funksional gadjetga aylantiradi.

rogbid sr08 ultra

OLED sensorli ekran foydalanuvchiga hozirgi vaqtni, yurilgan qadamlar sonini, yurak urish tezligini, qon kislorod darajasini va uyqu sifatini smartfonsiz ko‘rishga imkon beradi. Shuningdek, qurilma mashg‘ulot ma'lumotlarini yig‘adi va yoqilgan kaloriyalarni hisoblaydi.

Uzuk iOS va Android tizimlari bilan mos keladi va maxsus ilova orqali ulanadi. Batareyasi 5 kungacha ishlaydi, qo‘shimcha zaryadlovchi quti esa bu muddatni 20 kungacha uzaytiradi.

rogbid sr08 ultra

Titan qotishmasidan tayyorlangan qobiq 5ATM suvga chidamlilik standartiga ega, bu esa qurilmani suvda ham ishlatish imkonini beradi. Uzuk oltita o‘lchamda, uch xil rangda (oltin, kumush, qora) mavjud va atigi 4 gramm og‘irlikka ega. Uning eni — 8 mm, qalinligi — 2,5 mm. Xitoyda uning narxi $90 etib belgilangan.

Ulashish:

Izohlar (0)

Izoh qoldirish uchun akkauntingizga kiring.