So‘nggi 20 yil ichida jahon avto bozorida jiddiy o‘zgarishlar kuzatildi. Yevropalik ishlab chiqaruvchilar o‘z ulushlarining yarmidan ko‘prog‘ini yo‘qotdi, yapon ishlab chiqaruvchilari esa taxminan 50% ga. AQSh avtomobil ishlab chiqaruvchilari o‘z pozitsiyalarini 5 barobar yo‘qotdi. Buning orqasidan xitoy kompaniyalari bozordagi ulushini 39 baravarga oshirdi, deb xabar beradi Bloomberg.

BYD kabi xitoy brendlari elektr avtomobillari segmentida yetakchiga aylanib, zamonaviy texnologiyalar va maqbul narxlar bilan mashhur bo‘ldi. Yahoo Finance ta'kidlashicha, Xitoy nafaqat eng yirik avto ishlab chiqaruvchiga, balki eksport hajmi bo‘yicha ham boshqa barcha davlatlarni ortda qoldirdi.
Yaponiya brendlari uchun an’anaviy bozor bo‘lgan Janubi-Sharqiy Osiyoda ularning ulushi 50% dan 35% ga tushib ketdi. Xitoy esa o‘z mashinalari bilan ushbu bozorni faol ravishda to‘ldirmoqda.
Yevropa va AQShda joriy qilingan savdo to‘siqlari va tariflarga qaramay, texnologik afzallik, iqtisodiy samaradorlik va ishlab chiqarish quvvatlari Xitoyga uzoq yillar davomida bozorda yetakchi mavqeni saqlab qolish imkonini beradi, deb ishonch bildirmoqda mutaxassislar.