Apple Xitoydan chiqib ketmoqda: iPhone’dan keyin AirPods ishlab chiqarish Hindistonga o‘tkaziladi - itzone.uz
gradient
Reklama uchun joy

Apple Xitoydan chiqib ketmoqda: iPhone’dan keyin AirPods ishlab chiqarish Hindistonga o‘tkaziladi

870
Apple Xitoydan chiqib ketmoqda: iPhone’dan keyin AirPods ishlab chiqarish Hindistonga o‘tkaziladi

Apple Xitoydagi ishlab chiqarishdan bosqichma-bosqich voz kechishni davom ettirmoqda. Navbatdagi qadam — AirPods quloqchinlarini Hindistonga ko‘chirish bo‘ldi. Xaydarobod yaqinida yangi zavod qurilib, unda AirPods sinov tariqasida ishlab chiqarishi allaqachon boshlangan. 2025-yil boshida esa masshtabli ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda.

Bu qaror Apple’ning ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish bo‘yicha uzoq muddatli strategiyasining bir qismidir. Hozirda Hindiston global bozor uchun iPhone ishlab chiqarishni faol olib bormoqda, AirPods esa nafaqat Hindistonda, balki qisman Vetnamda ham ishlab chiqarilmoqda.

Ammo Apple’ning Xitoydan chiqib ketishi faqat kompaniya ichki siyosati bilan cheklanib qolmagan. AQSh tomonidan Xitoyga nisbatan qo‘llanilayotgan iqtisodiy va siyosiy cheklovlar, jumladan, yangi savdo bojlari, kompaniyani boshqa ishlab chiqarish maydonlarini izlashga majbur qilmoqda. AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp tomonidan taklif qilingan yangi bojlar, Xitoy bilan ish yuritishni yanada qiyinlashtiradi.

Teglar:#Apple
Ulashish:

Izohlar (0)

Izoh qoldirish uchun akkauntingizga kiring.