Xiaomi sun’iy intellektli va matnni tez taniy oluvchi tarjimon ruchkasini taqdim etdi - itzone.uz
gradient
Reklama uchun joy

Xiaomi sun’iy intellektli va matnni tez taniy oluvchi tarjimon ruchkasini taqdim etdi

1010
Xiaomi sun’iy intellektli va matnni tez taniy oluvchi tarjimon ruchkasini taqdim etdi

Xiaomi kompaniyasi innovatsion gadjet — Mijia Dictionary Pen C1 tarjimon ruchkasini taqdim etdi. Ushbu qurilma matnni ilg‘or aniqlash texnologiyasi, ovozli qidiruv va o‘rganish funksiyalari bilan tillarni o‘rganishni qulay va samarali qiladi.

Mijia Dictionary Pen C1

Ruchkada 32 GB xotira mavjud bo‘lib, unga 26 milliondan ortiq lug‘at maqolalari kiritilgan. Qurilma so‘zlarni bor-yo‘g‘i 0,3 soniya ichida aniqlaydi. Gadjet onlayn va oflayn rejimlarda ishlaydi, bu esa uni istalgan sharoitda foydali qiladi.

Xiaomi Mijia Dictionary Pen C1

Mijia C1 asosiy funksiyalari:

  • Ovozli qidiruv va so‘zlar haqida batafsil ma’lumot beruvchi sun’iy intellekt algoritmlari;

  • Foydalanuvchining bilim darajasiga moslashish orqali individual o‘rgatish;

  • Maxsus ilova orqali statistik ma’lumot yig‘ish va rivojlanishni kuzatish imkoniyati.

Xiaomi Mijia Dictionary Pen C1

Qurilma 100 kungacha kutish rejimida ishlaydi. Yangilikning narxi 48 dollar bo‘lib, hozirda Xitoy bozorida sotuvda mavjud.

Teglar:#Xiaomi
Ulashish:

Izohlar (0)

Izoh qoldirish uchun akkauntingizga kiring.