Iqlimshunoslar: global isish tezlashmoqda - itzone.uz
gradient
Reklama uchun joy

Iqlimshunoslar: global isish tezlashmoqda

1380
Iqlimshunoslar: global isish tezlashmoqda

Klimatologlar global iqlim modellari bo‘yicha sun’iy intellekt yordamida olingan ma’lumotlarni tahlil qilishdi va hududiy isishning kritik darajalari kutilganidan oldinroq oshishi mumkinligini aniqlashdi.

Environmental Research Letters jurnalida chop etilgan tadqiqotga ko‘ra, ko‘plab quruqlik hududlari tanqidiy harorat darajasiga 2040-yilga borib yoki undan ham oldin yetib borishi mumkin. 2060-yilga kelib, isish yanada kuchayishi kutilmoqda, bu esa oldingi prognozlardan tezroq.

Olimlar ushbu modellardan olingan ma’lumotlarni tahlil qilish uchun sun’iy intellekt asosidagi transfer o‘qitish metodini qo‘llashdi va quyidagilarni tahmin qilishmoqda:

  • 2040-yilga kelib dunyoning 34 hududida harorat 1,5 °C dan oshishi mumkin;

  • Ko‘pgina hududlarda bu ko‘rsatkich 2 °C yoki undan yuqoriroq bo‘lishi kutilmoqda;

  • 2060-yilga borib ayrim hududlarda harorat 3 °C dan oshib ketishi mumkin.

Ushbu xulosalar global isish oqibatlarini oldini olish uchun chiqindilarni qisqartirish va barqaror texnologiyalarga o‘tishni talab qilmoqda. Agar zudlik bilan chora ko‘rilmasa, ko‘plab hududlar global isishning salbiy oqibatlariga duch kelishi mumkin.

Ulashish:

Izohlar (0)

Izoh qoldirish uchun akkauntingizga kiring.