15-dekabr kuni Perfect World Shanghai Major 2024 musobaqasining grand finalida Team Spirit Counter-Strike 2 bo‘yicha tarixiy g‘alabani qo‘lga kiritib, FaZe Clan’ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
Birinchi xarita Nuke’da “Ajdarlar” 13:8 hisobida g‘alaba qozonishdi. Ancient xaritasida FaZe ajoyib javob qaytarib, 13:6 hisobida yirik g‘alaba bilan Team Spirit’ga qarshilik ko'rsatdi. Hal qiluvchi xarita Dust II’da esa, Spirit qizg‘in jangda 13:11 hisobida g‘alaba qozonib, chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Bu g‘alaba Team Spirit uchun CS2 bo‘yicha birinchi marta Major chempioni bo‘lishni anglatadi. Jamoa ushbu muvaffaqiyat uchun 500,000 dollar mukofot puli qo‘lga kiritdi.
FaZe uchun esa bu ketma-ket ikkinchi Major finalidagi mag‘lubiyat. Ular 2024-yilning mart oyida PGL Major Copenhagen musobaqasi finalida Natus Vincere’ga yutqazishgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Natus Vincere Elimination Stage’da turnirni tark etdi.
Perfect World Shanghai Major 30-noyabrdan 15-dekabrgacha davom etdi. Keyingi CS2 Major 2025-yilning iyun oyida Ostin (AQSh) shahrida bo‘lib o‘tadi.