BYD o‘zining eng ommabop elektromobillaridan biri — Dolphin modelining yangilangan versiyasini taqdim etdi. Yangi model, MIIT (Xitoy regulyatori) ma’lumotlar bazasida paydo bo‘lgan suratlarga ko‘ra, yanada kattaroq, qulayroq va kuchliroq bo‘ldi.
2021-yildan buyon ushbu avtomobildan qariyb 500 000 dona sotilgan. Faqatgina 2024-yilning noyabr oyida Xitoyda 21 712 dona sotilgan bo‘lsa, yil boshidan beri bu ko‘rsatkich 176 560 donani tashkil etdi. Model xalqaro bozorga ham muvaffaqiyatli kirib bormoqda.

Yangi BYD Dolphin hajmi 4280 x 1770 x 1570 mm bo‘lib, g‘ildirak bazasi 2700 mm ga oshirilgan. Motor quvvati esa versiyasiga qarab 94 ot kuchidan 201 ot kuchigacha yetadi.

Qulayliklar ro‘yxatiga panoramali tom oynasi, oynalardagi kameralar, old va orqa parktroklik, qora tom qismi hamda qora tusdagi orqa oynalar kiradi. Avtomobil Blade LFP batareyalari bilan jihozlangan bo‘lib, quvvat zaxirasi 420 km dan 520 km gacha yetadi. Maksimal tezlik esa komplektatsiyasiga qarab 150 yoki 160 km/soatni tashkil etadi.
BYD Dolphin’ning narxi tanlangan komplektatsiyaga qarab 13,700 dan 17,900 dollargacha o‘zgaradi.